Yangiliklar

Anadolu Group Özbekiston bozoriga özining çakana savdo tarmoğini olib kirmoqçi

Turkiyaning yirik konglomerati Anadolu Group Özbekiston bozoriga özining çakana savdo tarmoğini olib kirişni rejalaştirmoqda. Bu haqda Şavkat Mirziyoyevning kompaniya boşqaruv kengaşi raisi Kamilxan Suleyman Yaziji bilan uçraşuvida muhokama qilindi, deya xabar berdi prezident matbuot xizmati.

Savdo tarmoğining nomi oçiqlanmagan. Anadolu Group Turkiyadagi eng yirik çakana savdo tarmoqlaridan biri — Migros’ni boşqaradi.

Hamkorlikning boşqa istiqbolli yönalişlari qatorida çorvaçilik majmuasini barpo etiş hamda göşt-sut mahsulotlari işlab çiqarişni taşkil etiş masalalari körib çiqilgan.

2021-yilda Anadolu Group’ning şu’ba korxonasi hisoblangan Coca-Cola İçecek Coca-Cola Bottlers Uzbekistan’dagi davlat uluşini sotib olgan edi, 2025-yilda esa xoldingning boşqa bir şu’ba korxonasi bölmiş Anadolu Isuzu SamAuto avtozavodidagi davlat uluşini xarid qildi.

Uçraşuvda “kompaniyaning salqin içimliklar va avtomobilsozlik sohalarida Özbekiston bozoriga kiritgan yirik investitsiyalari mamlakatdagi islohotlarga bölgan işonçning yaqqol ifodasi ekani alohida” ta’kidlangan.

Tomonlar, şuningdek, “Samarqanddagi SamAuto korxonasini modernizatsiya qiliş, işlab çiqariş quvvatlari va eksport mahsulotlari hajmini kengaytiriş böyiça qöşimça investitsiya loyihalarini” muhokama qilgan.