O‘zbekiston va AQSh Oy, Mars, kometalar va asteroidlarni tadqiq qilish bo‘yicha “Artemida” bitimlarini imzoladi
O‘zbekiston va AQSh Oy, Mars, kometalar va asteroidlarni tinchlik maqsadlarida foydalanish hamda tadqiq etish bo‘yicha hamkorlik tamoyillarini belgilovchi “Artemida” bitimlarini imzoladi, deya xabar berdi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov.
Imzolash marosimi dushanba kuni Samarqandda tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov va AQSh davlat kotibi Marko Rubio o‘rtasidagi muzokaralardan so‘ng bo‘lib o‘tdi.
“Hujjat O‘zbekistonning NASA va boshqa ishtirokchi davlatlar kosmik agentliklari bilan hamkorligini kengaytirish, milliy kadrlarni tayyorlash hamda kosmik texnologiyalar transferi uchun yangi imkoniyatlar yaratadi”, — dedi Baxtiyor Saidov.
O‘zbekiston “Artemida” kelishuvlarini imzolagan 77-davlat bo‘ldi.
